

Akademik rivojlantirish markazi:
Akademik mahorat va kasbiy rivojlanishni yuksaltiramiz

Biz qanday muammolarni yechishga ko‘maklashamiz?
Pedagoglar uchun sifatli uzluksiz kasbiy rivojlanishning yetishmasligi.
Zamonaviy o‘qitish usullari va raqamli ko‘nikmalarning yetishmasligi.
Ta’lim sohasidagi onlayn kurslardan foydalanish imkoniyati cheklangan.
O‘quv materiallarini yaratishda amaliy yordam yetishmasligi.
Sifatli metodik manbalarni topishning murakkabligi.

Biz akademik rivojlantirishning yangi sifatini shakllantiramiz
CAD - bu zamonaviy uzluksiy kasbiy rivojlantirish (CPD) kurslari, o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash, o‘qitish metodologiyasini rivojlantirish uchun resurslar va akademik tashabbuslar uchun raqamli platforma taklif qiluvchi TXVU kompetensiyalar markazi.
Xalqaro ta’lim standartlari
O‘zbek, ingliz va rus tillarida treninglar
Gibrid ta’lim formati
TXVU ekspertizasidan foydalanish imkoniyati
Konsultatsiya
Bizning xizmatlar
Kasbiy rivojlanish
Biz innovatsion pedagogika, yetakchilik va tadqiqot yo‘nalishlariga qaratilgan treninglar, seminarlar va sertifikatlash dasturlarini ishlab chiqamiz va amalga oshiramiz.
Hamkasblar o‘rtasida o‘rganish (peer-to-peer learning)
Akademik hamjamiyatimizdagi ichki tajribaga tayangan holda, bilim almashinuvi va fanlararo hamkorlikni rivojlantiramiz.
Resurslar va qo‘llab-quvvatlash
Markaz mustaqil ta’lim va kasbiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida onlayn qo‘llanmalar, yozib olingan sessiyalar va metodik tavsiyalarni taqdim etadi.
Akkreditatsiya va hamkorlik
Biz milliy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantiramiz hamda CPD faoliyatimizni xalqaro standartlarga moslashtirish uchun global akkreditatsiya imkoniyatlarini o‘rganamiz.
Moslashuv va tadqiqot bo‘yicha treninglar
"Teaching at WIUT" kabi yangi xodimlar uchun mo‘ljallangan dasturlar va tadqiqot ko‘nikmalarini rivojlantirish kurslari akademik xodimlarning kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatli bo‘lishiga va universitet ilmiy hamjamiyatiga hissa qo‘shishiga yordam beradi.
Biz haqimizda
Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster Universiteti (TXVU) huzuridagi Akademik rivojlanish markazi (Centre for Academic Development, CAD) universitet miqyosida ta’lim berish, o‘qitish va akademik yetakchilik sifatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Huquq, texnologiya va ta’lim maktabi tarkibida tashkil etilgan Markaz barcha maktab va bo‘limlardagi akademik xodimlarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlab, innovatsiya, hamkorlik va uzluksiz takomillashuv madaniyatini rivojlantiradi.
Akademik xodimlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Markaz o‘qitish sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqot salohiyatini rivojlantirish va yetakchilik ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan tuzilmali uzluksiz kasbiy rivojlanish (CPD) dasturlarini taqdim etadi.

Bizning majburiyatlar
Markaz quyidagi yo‘nalishlarga sodiqdir:
TXVUda ta’lim va o‘qitish sifatini yuksaltirish;
Talabalarning o‘quv natijalari va qoniqish darajasini oshirish;
Dalillarga asoslangan pedagogik innovatsiyalarni rag‘batlantirish;
CPD dasturlarida faol ishtirok etgan xodimlarni sertifikatlar va raqamli akademik e’tiroflar orqali tan olish va qo‘llab-quvvatlash.
Ushbu tashabbuslar orqali Akademik rivojlanish markazi TXVUning O‘zbekistonda va xalqaro miqyosda jahon darajasidagi ta’limni taqdim etish yo‘lidagi strategik maqsadlarini amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi.
Bizning ekspert va trenerlar

kurazbaev@wiut.uz

dgulyamova@wiut.uz

s.sultanov@wiut.uz

o.isakov@wiut.uz

amalikov4@wiut.uz

b.alimov@wiut.uz

oganiev@wiut.uz

f_yodgorova@wiut.uz

s.inoyatova@wiut.uz

dabdigapparov@wiut.uz

a.ismailov@wiut.uz

pkiran@wiut.uz

mbakhadirov@wiut.uz

jmallabaev@wiut.uz

r.dusmuratov@wiut.uz

urahimova@wiut.uz

isaydazimova@wiut.uz

lmakovskaya@wiut.uz

kh.begmatova@wiut.uz
Teaching & Learning
Symposium
Teaching & Learning Symposium — Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster Universiteti huzuridagi Akademik rivojantirish markazi tomonidan tashkil etiladigan, oliy ta’limda sifatli o‘qitish, ta’lim jarayoni va akademik innovatsiyalar madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan, hara yili o'tkaziladigan akademik platformadir.
Bizning hamkorlar






















