Bakalavriatga tayyorlov til kursi

Kurs haqida
Bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun TXVU tomonidan tashkil etilayotgan tayyorlov til kursi sizga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi doirasida ingliz tili bo‘yicha bilimlaringizni mustahkamlash, rivojlantirish imkonini berish uchun mo‘ljallangan. Ushbu kursni tashkil etishdan maqsad, qabul talablariga tayyorlashdan avval akademik savodxonligingiz, fanga oid bilimlaringizni oshirish, muvaffaqiyatga erishishingizga yordam berish imkoniyatini taqdim etadi. Kurs davomida biz TXVUning ko‘p tilli va ko‘p madaniyatli ta’lim muhitida akademik hayot uchun zarur bo‘lgan asosiy til, savodxonlik va bilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga e’tibor qaratamiz. Biz amaliyotga yo‘naltirilgan va tadqiqotga asoslangan yondashuvlarni qo‘llaymiz, bu yuzma-yuz amaliy mashg‘ulotlar va seminarlar, shuningdek, onlayn mustaqil ta’limni o‘z ichiga oladi. Biz sizni akademik ingliz tilini og‘zaki va yozma ravishda qo‘llashda mustahkam poydevor bilan qurollantirishni maqsad qilganmiz. Siz universitetda o‘qish talablarini mustaqil va mas’uliyat bilan bajarish uchun zarur bilim va tajribaga ega bo‘lasiz - jumladan tanqidiy o‘qish, raqamli savodxonlik, faol tinglash, akademik yozish an’analari, manbalarni integratsiyalash va taqdimot qilish ko‘nikmalari. Kurs davomida, siz mo‘ljallangan ta’lim sohasiga oid materiallar ustida ishlaysiz.
Kurs davomiyligi
2 oy
96 soat
3 marta haftada
kechki vaqt
Kursning mazmun va maqsadlari
Bizning maqsadimiz sizni universitetda tahsil olish uchun mustahkam asos bilan ta’minlash hamda ta’lim jarayonida muvaffaqiyatli ishtirok etishingiz uchun zarur bo‘lgan ingliz tili va ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirishdir. Shu bois, ushbu kursning asosiy maqsadi quyidagi ko‘nikma va kompetensiyalarni rivojlantirish va takomillashtirishdan iborat:
Ingliz tilidagi murakkab akademik matnlarni tahlil qilish, baholash va talqin etish uchun ilg‘or tanqidiy o‘qish strategiyalarini qo‘llash, matndagi asosiy dalillar, farazlar va dalillovchi asoslarni aniqlay olish.
Turli raqamli platformalarda ilmiy ma’lumotlarni samarali izlash, tanqidiy baholash, tizimli ravishda boshqarish va aniq ifodalash uchun keng qamrovli raqamli savodxonlik ko‘nikmalarini oshirish.
Ma’ruza, seminar va akademik muhokamalar kabi og‘zaki manbalardan muhim ma’lumot va murakkab qarashlarni to‘g‘ri talqin qilish, umumlashtirish va sintez qilish, hamda ilg‘or konspekt tuzish ko‘nikmalarini namoyon etish.
Faktlar, qarashlar va murakkab dalillarni aniq va mantiqan izchil ifodalash, sohaga xos aniq terminologiyadan foydalanish hamda magistratura darajasidagi akademik yozuv uslubi va talablariga qat’iy rioya etish.
Ishonchli manbalarni tanqidiy tarzda integratsiya qilish orqali fikr va xulosalarni asoslash, og‘zaki va yozma akademik nutqda iqtibos keltirish va havola berish qoidalarini mukammal egallash.
Mutaxassislik sohalariga mos akademik va professional kontekstlarda tuzilgan va mantiqan izchil taqdimotlarni ishonchli hamda ishontiruvchi tarzda taqdim etish orqali yuqori darajadagi taqdimot ko‘nikmalarini shakllantirish.
Yozma ishlar va tadqiqot jarayonining har bir bosqichida sizga keng qamrovli yo‘l-yo‘riq va batafsil fikr-mulohazalar berib boriladi. Talabalarning mustaqilligi rag‘batlantiriladi va rivojlantiriladi, bu esa tinglovchilarga WIUT LMS (o‘quv materiallari joylashtiriladigan platforma) orqali taqdim etilgan materiallardan foydalanib, mustaqil ishlash imkonini beradi.
Kurs jamoasi
Kurs ingliz tilini o‘qitish, o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va baholash sohalarida xalqaro tajribaga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar jamoasi tomonidan olib boriladi:
PhD, Buyuk Britaniya Oliy ta’lim akademiyasining Faxriy a’zosi (SFHEA)
Toshkentdagi Xalqaro Westminster Universitetida assistent o‘qituvchi
Putra Malayziya Universiteti PhD nomzodi, Buyuk Britaniya Oliy ta’lim akademiyasining Faxriy a’zosi (SFHEA)
Putra Malayziya Universiteti PhD nomzodi, Buyuk Britaniya Oliy ta’lim akademiyasi a’zosi (FHEA)
Akademik rivojlanish markazida akademik rivojlantirish bo‘yicha mutaxassis
Qabul talablari
Ta’lim ingliz tilida olib boriladigan oliy ta’lim muassasalaridan birida tayanch bosqichini (yoki birinchi kursni) tamomlaganlik to‘g‘risidagi hujjat.
IELTS bo‘yicha minimal umumiy ball - 5,5, yozish (Writing) qismda esa kamida 5,5 ball.
Namunaviy o‘quv dasturi mazmuni
| Tadqiqot va havolalar berish: | Asosiy tadqiqot ko‘nikmalari, manbalarni baholash, integratsiya qilish, iqtibos keltirish (parafraza va to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtiboslar), havolalar berish (og‘zaki va yozma), tadqiqot etikasi, akademik halollik. |
| Akademik yozuv va til ko’nikmalari: | Mantiqiy izchillik va bog‘liqlik, grammatik tuzilmalar, paragraf tuzilishi, dalillash, akademik til me’yorlari. |
| Raqamli va taqdimot ko‘nikmalari: | IT savodxonligi, slayd dizayni, taqdimot ko‘nikmalari, jamoada ishlash ko‘nikmalari. |
| O‘qish va tinglab tushunish ko‘nikmalari: | Matnni tushunish strategiyalari, akademik tinglash va konspekt tuzish ko‘nikmalari. |
Kurs bo‘yicha baholash
Kurs davomida quyidagi baholash turlaridan o‘tasiz:
Formativ baholash
Kurs davomida siz formativ baholash va batafsil qayta aloqa olasiz. Ushbu baholashlar yakuniy bahoni prognoz qilishda hamda rivojlantirish zarur bo‘lgan jihatlarni aniqlashda siz va o‘qituvchilaringiz uchun yo‘riqnoma bo‘lib xizmat qiladi.
Sizdan berilgan qayta aloqani mustaqil tahlil qilish va aniqlangan kamchiliklar ustida ishlash kutiladi. Kursni muvaffaqiyatli yakunlash uchun zarur bo‘lgan jihatlarni ko‘rib chiqish maqsadida o‘qituvchilaringiz bilan muntazam individual mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
Yakuniy baholash
Yakuniy baholash kursning so‘nggi haftasida o‘tkaziladi. Siz quyidagi to‘rt yo‘nalish bo‘yicha baholanasiz: O‘qish, tinglab tushunish, gapirish va yozish. Har bir komponent bo‘yicha alohida baho va pre-sessional kurs uchun yagona umumiy yakuniy baho beriladi. Ushbu baho asosida taqdim etilgan sertifikatdan tanlangan magistratura dasturiga kirish uchun foydalanish mumkin.
-
Kurs narxi
6,500,000 UZS*Narx mahalliy aholi uchun
-
Format
Offline -
Davomiyligi
2 oy /
haftasiga 3 marta -
Soatlar soni
96 soat -
Til
Ingliz tili -
Boshlanish sanasi
15 - iyun 2026
RO‘YXATDAN O‘TISH
Ro‘yxatdan o‘tish 2026 yil 1-iyungacha ochiq.
